Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda. Сайт временно работает в тестовом режиме. The site is temporarily in test mode.
“Tashabbusli budjet” » Yakkabog' tumani hokimligi rasmiy web sayti

Ishonch telefoni:

+998985550424

“Tashabbusli budjet”

Jamiyat / Пост 14-июл, 13:279 532
💥“Tashabbusli budjet” jarayonining ikkinchi mavsumiga joriy yilning 15 iyulidan start beriladi.

Hurmatli Yakkabog' tumani fuqarolari, Sizni qiynab kelayotgan, yechimi mablag‘ bilan bog‘liq muammolar mavjudmi? 

Endi ushbu muammolarni hal etish uchun budjet mablag‘lari Sizning tashabbusingiz asosida yo‘naltiriladi.

Yakkabog' tuman hokimligi moliya bo‘limi tomonidan olib borilayotgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2 mavsumiga joriy yilning 15 iyulidan start beriladi.

Jarayonda ishtirok etgan holda o‘z taklifingizni bildirishingiz yoki Sizning ehtiyojlaringizni aks ettirgan boshqa takliflarga ovoz berishingiz mumkin. 

Onlayn ishtirok etish bevosita Moliya vazirligining openbudget.uz “Ochiq budjet” axborot portali orqali amalga oshiriladi.

Portal orqali Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida Siz ism-sharifingiz, tug‘ilgan yilingiz, yashash hududingiz va shu kabi boshqa ma’lumotlarni kiritishingiz va eng asosiysi o‘zingiz doimiy ishlatadigan telefon raqamingizni ko‘rsatishingiz lozim bo‘ladi.

Siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklifingizni qoldirishingiz mumkin:

-Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash;
-Yoritish tizimini yaxshilash;
-Ichki yo‘llarni ta’mirlash, shag‘allashtirish yoki asfalt yotqizish;
-Ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash, jixozlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;
-Jamoatchilik ixtiyoridagi obyektlarni ta’mirlash yoki jixozlash.

Taklif qoldirish jarayoni juda ham sodda bo‘lib, Siz o‘z shaxsiy kabinetingiz orqali qo‘shish tugmasini bossangiz va ochilgan sahifaga o‘z taklifingiz haqida ma’lumotlarni kiritsangiz bas. 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki bildirilgan takliflarning umumiy qiymati 1,2 mlrd.so‘mdan oshmasligi, taklifda yagona ijtimoiy muammo aks ettirilishi hamda taklifning manzili aniq ko‘rsatilishi lozim.

Taklif qoldirish va ovoz berish yakuniga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar g‘olib deb topiladi hamda taklifni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratilishi yuzasidan qaror qabul qilinib, amaliy ishlar boshlanadi.

Tashabbus ko‘rsating va “Tashabbusli byudjet” jarayonida faol ishtirok eting!!!

Muammolarni hal etish endi o‘z qo‘lingizda.
Ўхшаш янгиликлар

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Май 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031 
INTERAKTIV XIZMATLAR