Yakkabog' tumanidagi "Qo'rg'oncha" madaniyat uyida A. Navoiyning 581 yilligi hamda Z.M.Boburning 539 yillik tavalludi munosabati bilan "Sharqning ikki buyuk siymosi" deb nomlangan ma'naviy- ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi maslahatchisi Ziyoda Aminova ishtirok etdi.
Tadbirda oquvchilar tomonidan A.Navoiy va Z.M. Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi hamda g‘azallar va ruboiylar tinglandi.
Tadbirda 1-sonli maktabning "Nihol" mukofoti sovrindorlari hamda "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika tanlovida publisistika janrida viloyat bosqichiga yo`llanma olgan o`quvchilari faol ishtirok etishdi. Ularning rassomlik va gulqog`ozdan yasalgan namunalari viloyat hokimi maslahatchisi tomonidan munosib e'tirof e'tildi va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
Tadbir ishtirokchilar va o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
D.Xushvaqtova Yakkabog` tumani hokimi maslahatchisi