Yakkabog'da yoshlar siyosati borasida amalga oshirilgan va 2024-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar toʼgʼrisida tuman yoshlariga
MUROJААTNOMА
Аssalomu alaykum hurmatli Yakkabogʼ tumani yoshlari!
Bugungi kunda Yakkabogʼ tumanida 62 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida jami 283 000 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan, 0-30 yosh toifasidagi yoshlar soni 126 957 bnafar, 14-30 yosh toifasidagi yoshlar soni 67 762 nafar, 18-30 yosh toifasidagi yoshlar soni 48 863 nafarni tashkil etadi.
Mahallalarda (14-30 yosh) xatlov oʼtkazilib, 67762 nafar yoshlar https://yoshlarbalansi.uz/ platformasiga kiritilgan boʼlib, hozirgi kunda platformani yangilash maqsadida qayta xatlov jarayonlari oʼtkazilmoqda.
Hurmatli yoshlar ruxsat bersangiz tumanimizda yoshlar bilan tizimli ishlashda amalga oshirilgan ishlar boʼyicha qisqacha maʼlumot bersam.
I. Yoshlar daftari
-2021 yil “Yoshlar daftari” elektron platformasiga 4 309nafar yoshlar kiritilgan boʼlib, 4 309 nafariga (100%) amaliy yordamlar koʼrsatilib muammolari hal qilindi.
- 2022 yil “Yoshlar daftari” elektron platformasiga 1 600 nafar yoshlar kiritilgan boʼlib, 1 600 nafariga (100%) amaliy yordamlar koʼrsatilib muammolari hal qilindi.
- 2023 yil “Yoshlar daftari” elektron platformasiga 2 593nafar yoshlar kiritilgan boʼlib, 2 592 nafariga (99.9%) amaliy yordamlar koʼrsatilib muammolari hal qilindi.
- 2024 yilda jami 1 400 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilishi rejalashtirilib, shundan 130 nafar yoshlarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikga oʼqitish, 45 nafar yoshlarni ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʼnalishlarida oʼqish xarajatlarini qoplash, 147 nafar yoshlarga mehnat qurollari yoki asbob-uskuna uchun subsidiya ajratish, 175 nafar oliy va professional taʼlim yoʼnalishida taʼlim olayotgan talabalarning taʼlim muassasasidagi kontraktini qoplab berish, 109 nafar yoshlarga davolanish va tibbiy xizmat koʼrsatish, 794 nafar yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish, yer ajratish shuningdek, psixologik koʼmaklar koʼrsatish orqali amaliy yordamlar berish yoʼnalishlariga taqsimlangan.
Bandlik dasturi
- 2023 yilda ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida bandlik dasturi ishlab chiqilib,dastur doirasida ishsiz 4 664 nafar yoshlarning 4 624nafari (99.1%) ning bandligi taʼminlandi.
Bitiruvchi yoshlar bilan ishlash
- 2023 yilda bitiruvchi yoshlarning soni 2 921 nafarni tashkil qilib shundan, 940 nafari (32.1%) OTMga, 99 nafari (3.3%) professional taʼlimga qabul qilindi. Qolgan 1882 nafar (64.6%) bitiruvchilarning 1 411 nafari (74.9%)ning bandligini taʼminlashga erishildi. Qolgan 471 nafari (25.1%) nodavlat OTMga oʼqishga kirgan.
Yoshlarga yer ajratish
- Muhtaram Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga boʼlgan tashrifi chogʼida berilgan topshiriqlarini ijrosini taʼminlash maqsadida, ishsiz va migratsiyadan qaytgan 226 nafar yoshlarga
112.5 gektar bogʼ oralaridan yerlar ajratilib toʼqson bosti yekinlarini ekib daromad olishlari uchun koʼmaklashildi.
Yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
5 tashabbus olimpiadasi doirasida Yakkabogʼ tumanida 62 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida Kurash, voleybol, Gimnastrada, “Zakovat” intellektual turniri, “Milliy va zamonaviy cholgʼu ijrochiligi” tanlovi, “Yosh kitobxon” tanlovlari oʼtkazilgan boʼlib, ularda tumandagi 29 712 nafar yoshlar qamrab olindi, shundan tanlovlarning Respublika bosqichida 13nafar yoshlar respublika bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritib 2 nafar yoshlar Chinabod MFYdan Xoʼjaeva Nigina Milliy kurash boʼyicha (76kg) vazn toifasida 1-oʼrinni, Esat MFYdan Jabborova Zulfizar Yosh kitobxon tanlovidan 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.
Jamgʼarma mablagʼlari hisobidan
2021yilda Yakkabogʼ tuman “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash, oʼzini oʼzi band qilish uchun asbob-uskunalar va mehnat qurollari subsidiya asosida 4 309 nafar yoshlarga 4 mlrd 116 mln 442 ming 981soʼm mablagʼ “Yoshlar jamgʼarmasi” hisobidan ajratilgan.
2022 yilda Yakkabog' tuman “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash, oʼzini oʼzi band qilish uchun asbob-uskunalar va mehnat qurollari subsidiya asosida 1 600 nafar yoshlarga 3mlrd 702 mln 203 ming 825 soʼm mablagʼ “Yoshlar jamgʼarmasi” hisobidan ajratilgan.
2023 yilda Yakkabogʼ tuman “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash, oʼzini oʼzi band qilish uchun asbob-uskunalar va mehnat qurollari subsidiya asosida 2 592 nafar yoshlarga 4 mlrd 017 mln 132ming 847 soʼm mablagʼ “Yoshlar jamgʼarmasi” hisobidan ajratilgan.
Hurmatli yoshlar!
2023 yilda yoshlar bilan tizimli ishlashda amalga oshirilgan ishlar ershilgan yutuqlar va yoʼl qoʼyilgan xato va kamchiliklarni tumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda masьul boʼlgan mutassaddi raxbar va xodimlar bilan birgalikda taxlil qilib, tanqidiy koʼrib chiqdik va shundan kelib chiqib 2024 yilda amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlarni rejalashtirib oldik.
Birinchidan, barcha toifa yoshlar bilan ishlashni umumlashtiruvchi “Ombor daftari”ni shakllantirdik.
Daftarga asosan tumandagi 67 762 nafar 14-30 yosh toifadagi yoshlarni 9 ta yoʼnalish boʼyicha(ishsiz, bitiruvchi, ogʼir toifadagi, xorijdagi migrant, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, iqtidorli yoshlar va x.k) tizimli ishlarni amalga oshiramiz.
Shu jumladan, yoshlar bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratamiz. Hozirda tumanimizda 18-30 yosh toifasidagi yoshlar soni 48 863 nafarni tashkil etadi. Shundan hozirgi kunda 2 104 nafar (4,3 %)yoshlar ishsiz.
2024 yilda mana shu 2 104nafar ishsiz hamda joriy yilning 2-choragida mehnat bozoriga kirib kelayotgan 4 090 nafartaʼlim bitiruvchilari (shundan, maktab bitiruvchilari 1 639 nafar, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlardan 1 341 nafar, oliy taʼlim bitiruvchilari 1 110 nafar) jamiyangi mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar, jami 4 090 nafar yoshlarning bandligini taʼminlash belgilab olingan.
Belgilab olingan chora-tadbirlarga asosan, 2024 yil davomida jami 6 194 nafar yoshlarning bandligini taʼminlash choralari koʼriladi.
Iqtidorli yoshlarni izlab topish, isteʼdodini roʼyobga chiqarish va ularni qoʼllab-quvvatlashga koʼmaklashish yoʼnalishi boʼyicha yil davomida 22 740 nafar yoshlar qamrab olinadi. "Ibrat farzandlari" Youtube platformasi foydalanuvchilari hisobiga 3 205 nafar, “lbrat Academy” mobil ilovasi qamrovi hisobiga 10 400 nafar, “UzChess”, “Mutolaa” loyihalari doirasida 2 215 nafar, Intellektual oʼyinlarga qiziquvchi yoshlar sonini oshirish hisobiga6 300 nafar, Volontyorlik va liderlik loyihalari hisobiga 620 nafar yoshlar qamrab olinadi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” orqali tanlov musobaqalarga 32000 nafar yoshlar qamrab olindi.
Hurmatli yoshlar!
Bundan tashqari 2024 yil 9 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatida raqamlashtirish sohasini yanada rivojlantirish boʼyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish toʼgʼrisida qabul qilingan viloyat hokimimizning qaroriga asosan tumanda 209 nafar yoshlarni ingliz tiliga, 160 nafar yoshlarni nemis va boshqa xorijiy tillarga oʼqitib S1, V2 sertifikatlarini olishini taʼminlaymiz. Shuningdek, xar bir mahalladan kamida 2 nafardan jami 124 nafar IT ga qiziquvchi yoshlarni IT yoʼnalishiga oʼqitamiz. Hozirgi kunda 40 nafar yoshlar oʼqitilmoqda. Bir soʼz bilan aytganda tumanimizda yoshlarimizni hayotda oʼz oʼrinlarini topishlari, oʼz isteʼdod va iqtidorlarini roʼyobga chiqarish, dunyo yoshlari bilan raqobatlasha oladigan bilimli, ilmli yoshlar boʼlib yetishishlari uchun bor kuch gʼayratimiz bilan barcha shart-sharoitlarni yaratamiz.