Qashqadaryo viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi Yakkabog' tuman xalq ta'limi bo'limi filologiya (ona tili va adabiyoti) yo'nalishida o'quv yilining birinchi yarim yilligi davomida bir qator natija va yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Xalq ta'limi vazirligi va Respublika ta'lim markazi hamkorligida xalq ta'limi
tizimidagi umumta'lim muassasalari “Ona tili” va “O'zbek tili” fani o'qituvchilari o'rtasida “Yilning eng yaxshi o'zbek tili o'qituvchisi” tanlovi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 15-iyuldagi "Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi" tanlovini oʻtkazish haqida"gi 224-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida 2021 yil 15 – 22 sentyabr` kunlari Yakkabogʻ tumani 14-DIMIda tashkil etilgan "Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi" respublika tanlovi tuman bosqichi yakunlandi. Tanlovda ona tili yoʻnalishida tumandagi 88- maktab oʻqituvchisi Buxorov Nuriddin 1- oʻrin, 21- maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Ergasheva Tamara 2- oʻrin, 96- maktab oʻqituvchisi Toshtemirova Mahliyo 3- oʻrinni, oʻzbek tili yoʻnalishida 13- maktab oʻqituvchisi Egamberdiyeva Maftuna 1-oʻrinlarni egallashdi. Tanlov Nizom talabi asosida adolatli va shaffof tarzda oʻtkazildi.
Joriy yilning 30-okrabr kuni Yakkabogʻ tumani Madaniyat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9-sentabrdagi 652-sonli qarori asosida oʻtkazilgan Respublika fan olimpiadasi tuman bosqichida barcha fanlardan 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan gʻoliblar tuman xalq taʼlimi boʻlimining diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, ularga olimpiadaning viloyat va Respublika bosqichlarida ham oliy oʻrinlarni egallash tilagi bildirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 18-noyabrdagi 65-sonli va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021-yil 18-noyabr sanasidagi 6-01-“s”-sonli qo‘shma qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan 2021-yil noyabr-dekabr oylarida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovining tuman va viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Yakkabog' tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 84-maktabning 10-sinf o'quvchisi Qulbulova Rayhona Anvar qizi "Mening Prezidentim" mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi viloyat bosqichida faxrli 1-o'rinni egalladi va tuman hokimi L.Abdullayev hamda tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri U.Nurmatovlar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 7-yanvar kuni Yakkabogʻ tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 13-IDUMIda "Xalqaro tadqiqotlar: PISA, PIRLS, TIMSS boʻyicha kreativ fikrlash" mavzusida oʻquv seminari tashkil qilindi.
Seminarda oʻqish savodxonligi, matematik savodxonlik va kreativ fikrlashga doir trenerlar maʼruzalari tinglandi. Shuningdek, seminar ustozlar tomonidan berilgan savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.
Tuman xalq ta'limi bo'limi filologiya-ona tili va adabiyot fani metodisti O.Ergashev tomonidan ta'lim tizimidagi islohotlar o'z vaqtida fan o'qituvchilariga muntazam ravishda yetkazib borilmoqda. O'quv yilining ikkinchi yarim yilligi davomida ham yanada yuqori marralarga erishish yo'lida aniq maqsad va rejalar belgilab olinib, ularni amalga oshirish borasida sa'y harakatlar qizg'in davom etmoqda.