Jamiyatimizning rivojlanishi va ertangi kunimiz qanday bo’lishini belgilab beradigan eng asosiy omil bu- yoshlardir. Shu sababli kelajak avlodning bugungi kundagi tarbiyasiga va dunyoni anglashga intilishida o’zimizning ijobiy ta’sirimizni o’tkazishimiz lozimdir.
Zero farzandlar uchun tikilgan investitsiya bu eng foydali investitsiya hisoblanadi. Jamiyatimizning shiddat bilan rivojlanishi internet va turli ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar o’rtasida keng ommalashishi oqibatida ijobiy xarakaterli, kreativ g’oyalar bilan bir qatorda salbiy yondashuvli vayronkorlikka asoslangan g’oyalar ham yoshlarning ongidan joy egallamoqda. Jadallashayotgan taraqqiyot davrida internetni cheklash va turli ijtimoiy tarmoqlarni bloklash bilan yoshlarimizni salbiy ta’sirlardan asrab qola olmaymiz.
Buning o’rniga biz ularni iste’molchi madaniyatiga o’rgatish, saralash va eng a’lolarini o’zlariga ravo ko’rishi kabi fazilatlarni yoshligidan singdirib borish lozimdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib yoshlarda salbiy g’oyalar va yondashuvlarga qarshi immunitetni shakllantirish, kelajagimizning poydevori bo’lgan yoshlarning tarbiyasida aslo loqaydlik bilan qaramasligimiz shartdir.
Bu o’rinda eng avallo ota-ona, o’qituvchi va tarbiyachilar shuning bilan birga bolani o’rab o’rab turgan muhit juda muhim hisoblanadi. Farzandlarimizni yorqin kelajak uchun asraylik!
G’uzor tumanlararo iqtisodiy sudi
devonxona mudiri K.Roziqov
Yakkabog’ tumanlararo iqtisodiy sudi
devonxona mudiri S.Xushvaqova