Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda. Сайт временно работает в тестовом режиме. The site is temporarily in test mode.
“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini va ahamiyati » Yakkabog' tumani hokimligi rasmiy web sayti

Ishonch telefoni:

+998985550424

“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini va ahamiyati

Iqtisodiyot 28-окт, 15:189 1 781
“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini va ahamiyati

Qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i bо‘lgan sud-huquq tizimini bosqichma-bosqich demokratlashtirish va erkinlashtirish huquqiy davlatni shakllantirish va modernizatsiya qilish islohatlarning ustuvor yо‘nalishi hisoblanadi.

О‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuniga ko’ra Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratligi bo’yicha yangi tahrirda bayon qilingan:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni eng malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya etish orqali sudyalar korpusini shakllantirish;

sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini biron-bir tarzda aralashuvdan samarali himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini ko‘rib chiqish va prinsipial baholash;
Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;

sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalar faoliyati samaradorligini zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali baholashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash;
rahbar sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun munosib sudya kadrlarni tanlab olish, shuningdek ularni rag‘batlantirish va mukofotlash masalasi yuzasidan tashabbus ko‘rsatish;

ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish;
sud-huquq sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini va yagona sud amaliyotini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini hamda uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash kabi vazifalardan iborat ekanligi keltirilgan.

Shuning bilan birga Sudyalar oliy kengashining “Bo‘sh sudyalik lavozimlari to‘g‘risidagi axborot Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni ko‘rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.

Sudyalikka nomzod bo‘sh sudyalik lavozimlarini to‘ldirish uchun tanlovda ishtirok etish to‘g‘risida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.

Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli o‘rganish usullaridan — suhbat o‘tkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan o‘tkazishdan, berilgan muammolar bo‘yicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, bilim darajasini aniqlash uchun elektron so‘rov dasturidan foydalanilishi mumkin.

Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli rad etilgan nomzod bir yil o‘tgach, bo‘sh sudyalik lavozimini to‘ldirish uchun e’lon qilingan tanlovda ishtirok etishi to‘g‘risidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin”;
Kengash viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, tumanlararo ma’muriy sudlar raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi, rais o‘rinbosari va sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha jamoatchilik fikrini Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tartibga ko‘ra o‘rganadi.

Qonunchilikka kiritilgan bunday o’zgarishlar zamirida albatta ilg’or xorij tajribasi va amaliyotda o’zini oqlagan ustuvor yo’nalishlar yotadi. Shu kabi islohotlarning barchasi demokratik jamiyatni yanada mustahkamlash va inson farovonligi uchun yo’naltirilgan.


 Yakkabog’ tumanlararo iqtisodiy
 sudi raisi                                                                                        S.Tursunov


Yakkabog’ tumanlararo iqtisodiy 
sudi devonxona mudiri                                                            S.Xushvaqova

Ўхшаш янгиликлар

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
INTERAKTIV XIZMATLAR