Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda. Сайт временно работает в тестовом режиме. The site is temporarily in test mode.
KREDIT SHARTNOMASINING MAZMUN MOHIYATI HAQIDA » Yakkabog' tumani hokimligi rasmiy web sayti

Ishonch telefoni:

+998985550424

KREDIT SHARTNOMASINING MAZMUN MOHIYATI HAQIDA

Jamiyat / Пост 29-июн, 09:189 1 287
Bugungi kunda jamiyatimiz vakillari tomonidan kredit olish va kredit shartnomasi shartlarini bajarishda bir qator savollar va tushunmovchiliklar kelib chiqayotganligi hech kimga sir emasligini aytib o’tdi. Shunday holatlarni oldini olish va aholini huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida kredit va uning mazmun mohiyati keng jamoatchilikka yetkazish lozimdir.

Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.

Qonunchilikka muvofiq kredit tashkilotlari bo‘lmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yo‘l qo‘yilgan hollarda kredit shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qo‘llanadi.

Agar ushbu paragrafning qoidalarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa va u kredit shartnomasining mohiyatidan kelib chiqmasa, kredit shartnomasi munosabatlariga nisbatan qoidalari qo‘llanadi.
Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart.
Yozma shaklga rioya qilmaslik kreditshartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.

Kreditor qarz oluvchini to‘lovga qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz oluvchi kreditni ta’minlashmajburiyatlarini bajarmasa, shartnomada nazardatutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanishmajburiyatini buzsa, shuningdek shartnomada nazardatutilgan boshqa hollarda qarz oluvchiga kreditshartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdanbutunlay yoki qisman bosh tortishga haqli.

Qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qismanbosh tortishga haqli. Agar qonunchilikda yokishartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit shartnomasidabelgilab qo‘yilgan kredit berish muddatiga qadarxabardor qilishi shart. Qarz oluvchi kredit shartnomasidanazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanishmajburiyatini buzgan taqdirda kreditor shartnomabo‘yicha qarz oluvchini bundan buyon kreditlashnito‘xtatishga haqli.

Taraflar bir tarafning kredit shartnomasi shartlariasosida turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolarniikkinchi tarafga berish majburiyatini nazarda tutuvchishartnomani tuzishlari mumkin.

Bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xosalomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarniikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadiganshartnomalarda, agar qonunchilikda boshqa hol belgilabqo‘yilgan bo‘lmasa, kredit berish, shu jumladan bo‘nak, oldindan haq to‘lash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlargahaq to‘lashni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lashshaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishimumkin.

Tegishli majburiyat bayon qilingan shartnomato‘g‘risidagi qoidalarda boshqacha tartib nazardatutilgan bo‘lmasa va u mazkur majburiyatningmohiyatiga zid kelmasa, tijorat kreditiga nisbatantegishli qoidalari qo‘llanadi.
Bank bilan kredit shartnomasi tuzishgakirishayotgan jismoniy va yurudik shaxslar avvaloyuqorida keltirilgan ma’lumotlarni yaxshi bilishshuningdek qonun yo’li bilan ularga berilganhuquqlardan to’g’ri foydalanishi va majburiyatlarini o’zvaqtida bajarishi lozimligini unutmasliklari lozim.
 
 
Yakkabog’ tumanlararo iqtisodiy
sudi raisi   S.Tursunov
Ўхшаш янгиликлар

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
INTERAKTIV XIZMATLAR