Mamlakatimizda aholini ro'yxatga olish
o'tkaziladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoniga muvofiq “O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olishni o'tkazish Kontseptsiyasi tasdiqlandi. Unga ko‘raO‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligito‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot uzoq muddatliprognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishmaqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etishva aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlabchiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlariindikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslarijoylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarinio‘rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhimpoydevor hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 16 mart kuni “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining O‘RQ-611-son Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro'yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O'zbekiston tarixidan o'rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo'q edi.Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son Qarori qabul qilindi. UshbuQarorda O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ni tasdiqlash ko‘rsatib o‘tilgan.
Yakkabog‘ tumani statistika bo‘limi