Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda. Сайт временно работает в тестовом режиме. The site is temporarily in test mode.
Mamlakatimizda aholini ro'yxatga olish o'tkaziladi » Yakkabog' tumani hokimligi rasmiy web sayti

Ishonch telefoni:

+998985550424

Mamlakatimizda aholini ro'yxatga olish o'tkaziladi

Jamiyat / Пост 05-авг, 18:549 652


Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 16 mart kuni “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. 

Mazkur Qonun, aholini ro'yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O'zbekiston tarixidan o'rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo'q edi. Qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olishni o'tkazish Kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.

Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining aholini ro'yxatga olishni o'tkazish bo'yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus`, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Janubiy Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, AQSH, Kanada va boshqa davlatlarning ushbu sohadagi tajribalari o'rganilib, qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanildi. 

Qonun beshta bob va o'ttiz bir moddadan iborat bo'lib, unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini ro'yxatga olishning vazifalari va printsiplari yoritib berilgan. Asosiy printsiplardan biri sifatida davriylik printsipi, ya'ni aholini ro'yxatga olish o'n yilda kamida bir marta o'tkazilishi hamda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish to'g'risidagi qaror, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qo'yilgan. Aholini ro'yxatga olish jarayonida, shaxsga doir ma'lumotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxatga olish varaqlari asosida har bir respondent uchun yakka tartibda to'ldiriladi, ya'ni ro'yxatga oluvchi shaxslar tomonidan uyma-uy yurib, har bir respondent uchun alohida to'ldiriladi. Yana bir muhim printsiplardan biri, bu shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi bo'lib, bunda aholini ro'yxatga olish jarayonida yig'ilgan shaxsga doir ma'lumotlar maxfiy hisoblanishi, ular respondentning roziligisiz oshkor etilmasligi va tarqatil-masligi qat'iy belgilab qo'yilgan.
Ўхшаш янгиликлар

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
INTERAKTIV XIZMATLAR