Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda. Сайт временно работает в тестовом режиме. The site is temporarily in test mode.
Yakkabogʻda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi » Yakkabog' tumani hokimligi rasmiy web sayti

Ишонч телефони:

+998975897374

Yakkabogʻda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirishga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Жамият / Иқтисодиёт / Инвестиция / Пост 10-апр, 14:399 273


Viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Uzaqov Yakkabogʻ tumaniga tashrif buyurib, fermerlar bilan uchrashdi. 


Tuman hokimi Lutfiddin Abdullayev ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda fermerlarga suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishda, ayniqsa paxta yetishtirishda suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning hosildorligini yanada oshirish lozimligi aytib oʻtildi.



Bundan tashqari fermerlarga tomchilatib sugʻorish tizimi orqali suv resurslarini tanqislik sharoitda kam sarflab koʻp hosil olinishi, ekinlarning hosildorligi 70 foizgacha ortishi va mahsulot sifati yaxshilanishi, suvning oʻsimlik tagiga toʻgʻridan toʻgʻri berilishi, tuproq qotmasligi va mavsumdan soʻng oson haydalishi haqida ham tushuncha berildi.


Shuningdek, Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish hamda mavjud suv resurslarini suv isteʼmolchilari orasida qatʼiy taqsimlagan holda foydalanish lozimligi boʻyicha ham zaruriy tavsiya va topshiriqlar berib oʻtildi.

Ўхшаш янгиликлар

Янгиликларга обуна бўлинг

Бизнинг хабарномамизга обуна бўлиш учун қуйидаги электрон почта манзилингизни киритинг

Биз ижтимоий тармоқларда
Календарь
«    Октябрь 2023    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР