Sayt vaqtincha test rejimida ishlamoqda. Сайт временно работает в тестовом режиме. The site is temporarily in test mode.
MUROJAATNOMA » Yakkabog' tumani hokimligi rasmiy web sayti

Ishonch telefoni:

+998985550424

MUROJAATNOMA

Jamiyat / Post 01-ноя, 14:309 47
Aziz Yurtdoshlar!



Jonajon Oʻzbekistonimizning betakror tabiati, uning boy oʻsimlik va hayvonot olami, goʻzal bogʻ va xiyobonlari milliy boyligimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu ne'matlarni ajdodlarimiz bir necha yuz yillar asrab-avaylab, kelgusi avlodlar uchun ulkan meros qilib qoldirganlar.

Dono xalqimizda, “Umringdan bir kun qolsa ham koʻchat ek”, degan purhikmat naql bor. Ota-bobolarimizdan meros boʻlib qolgan milliy qadriyat va an'analarimizning ajralmas qismi boʻlmish daraxt ekish, bogʻu gulzorlar yaratish borasidagi goʻzal odatlarimiz bugungi kunda yangi ma'no-mazmun bilan boyib, keng miqyosda davom etmoqda.

Barchamiz uchun muqaddas beshik boʻlgan ona vatanimizning betakror tabiati, noyob oʻsimlik va hayvonot dunyosini saqlab qolish, uni avlodlarimizga bezavol etkazishda buyuk bunyodkorlik salohiyatimizni amalda koʻrsataylik!

Erga nihol ekish, ularni parvarishlab yangi bogʻlarga aylanishi uchun e'tibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishda shaxsiy namuna koʻrsataylik, tashabbuskor boʻlaylik!

Mamlakatimizning ayrim joylarida “Yashil makon” loyihasiga befarqlik bilan qaralayotgani oqibatida katta mablagʻ, moddiy va mehnat resurslari hisobiga ekilgan koʻchatlar qurib qolayotgani, daraxtzorlar payhon qilinayotgan holatlar ham afsuski tez-tez uchramoqda.

Ota-bobolarimizdan meros an'ana – oilada yangi farzand dunyoga kelganida unga atab, albatta, daraxt ekishni qayta tiklab, hayotimiz qoidasiga aylantirsak, ayni muddao boʻladi. Nikohdan oʻtayotgan yoshlarimiz mana shunday baxtli onlardan esdalik sifatida, yaxshi niyat bilan erga nihol eksalar an'analarimiz yana bir goʻzal odat bilan boyigan boʻlar edi. Kelin-kuyovlarimiz ekkan nihollarning ildizi erga chuqur oʻrnashib, ulgʻayib, ulkan daraxtga aylanib, meva berganidek, yoshlarimizning oilasi ham albatta mustahkam, barakali, tinch-totuv boʻladi, inshoolloh.

Muhtaram Prezidentimiz joriy yilning 21 oktyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimizda koʻkalamzorlashtirish, oʻsimliklarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish, ayniqsa, aholi yashash joylarida mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini koʻpaytirish boʻyicha tashabbusi bilan chiqib, halqimizga chaqiriq qildilar.

Yangi Oʻzbekiston hududining yashilligini 2030 yilga borib
30 foizga etkazish boʻyicha katta marra olingan boʻlib, mazkur ishlarni bajarishda Siz va bizning fidoyiligimiz juda muhim oʻrin tutadi.

Shu muqaddas zaminda tavallud topib, tarbiya olgan, oʻzini aynan shu yurtning asl farzandi, deb bilguvchi har bir yurtdoshimiz mamlakatimizning yashilligini yanada yaxshilash kabi ulugʻvor ishlarda oʻzining ulkan hissasini qoʻshishi lozim.


Hurmatli fermerlar!

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekish an'anaga aylandi. Albatta, bu savobli ishlarda keng jamoatchilik qatorida Siz aziz fermer va mehnatkash dehqonlar ham munosib ulush qoʻshib kelmoqdasiz.
Mazkur yoʻnalishdagi savobli ishlarni davom ettirgan holda oʻzingiz rahbarligingizda fermer xoʻjaligini ishchi xodimlarini shaxsiy tomorqalariga hamda xoʻjaligingiz dala chetlaridagi boʻsh erlarga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekib “Yashil makon” umummilliy dasturiga oʻz hissangizni qoʻshing.

Hududlarda koʻchat etishtiruvchi fermer, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa er egalari hamda boshqa sub'ektlarda etarli miqdorda mevali va manzarali daraxt nihollari zahirasi mavjud boʻlib, ular bilan oʻzaro hamkorlik qilishga chaqiramiz.

Aziz dehqonlar!

Muhtaram Prezidentimizning alohida qarorlari bilan paxta – gʻalla maydonlari qisqartirilib, Siz aziz dehqonlar uchun ajratilgan 200 ming gektardan ortiq er maydonlaridan samarali foydalanib, yuqori daromad olishni boshladingiz.
Dehqon xoʻjaligingizni barcha ishchi xodimlarini shaxsiy tomorqalaridan hamda dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan er maydonlaridan “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida yanada samarali foydalanish maqsadida mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishni tashkil etishga chaqiramiz.

Muhtaram tomorqa er egalari!

Sizning mashaqqatli mehnatingiz natijasida tomorqalarda etishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozorlarimizni toʻkin sochin, dasturxonlarimizni obod qilayotganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, bozorlarimizda Siz tomoningizdan etishtirilgan mevalarni yilning barcha fasllarida topish imkoni yaratilgani dillarni xushnud etadi.

Mazkur tashabbus doirasida har bir tomorqachini oʻz tomorqasiga 5 tupdan, mahalla guzari va koʻcha boshiga 5-10 tupdan koʻchat ekishga chorlaymiz. Natijada, har bir mahalla guzari, har bir koʻcha hamda har bir xonadonning obod boʻlishiga erishamiz, saxovatpeshalik bilan qilgan ishlaringiz tahsinga sazovor boʻladi! 


Muhtaram mahalla faollari!

Mahalla hududini obod qilish kabi savobli ishlar hamisha e'tibor markazida turishi zarur.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Obod xonadon” dasturini amalga oshirishda jonbozlik koʻrsatib, yurtimizda har jihatdan obod xonadonlarni koʻpaytirish, ularni boshqalarga oʻrnak qilib koʻrsatish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini kuchaytirishingiz lozim.

Bu ezgu ishlarimizda Yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin!

Ўхшаш янгиликлар

Yangiliklarga obuna bo‘ling

Bizning xabarnomamizga obuna bo‘lish uchun quyidagi elektron pochta manzilingizni kiriting

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Kalendar
«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
INTERAKTIV XIZMATLAR