KUZNING HAR BIR KUNI IMKONIYAT, BU IMKONIYATDAN UNUMLI FOYDALANIB DAROMADNI KOʻPAYTIRING
Yakkabogʻ tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa er egalari kengashi Rayosati a'zolarining fermerlarga
MUROJAATI

Hurmatli fermerlar!
Tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, fermer va dehqonlarimiz 1 million gektardan ortiq maydonda chigit qadab, mashaqqatli mehnatlar evaziga moʻl hosil etishtirdi.
Barchamiz yaxshi tushunamizki, shu kunlarda kuzatilayotgan iqlim oʻzgarishlari, bahorni seryogʻin va salqinligi, kuzda havo haroratini keskin tushib ketishi kabi koʻplab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, qishloq xoʻjaligi ekinlari, xususan paxtadan moʻl hosil etishtirish – chinakam jasorat va matonat namunasidir.
Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi va irrigatorlar, oʻz ishining haqiqiy ustasi boʻlgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni koʻradi va el-yurt dasturxonini toʻkin qilish yoʻlidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.
Aziz fermerlar!
Qishloq xoʻjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasida Sizlarga qator imtiyozlar berildi, moddiy manfaatdorligingizni oshirish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.
Prezidentimizning 2023 yil 12 dekabrda qabul qilingan PF-205-sonli “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, fermer xoʻjaliklar va klasterlar oʻrtasida paxta xom ashyosini etkazib berish boʻyicha fyuchers shartnomalari birja savdolari orqali tuziladigan boʻldi.
2024 yildan amal qilishni boshlagan ana shunday fyuchers shartnomasiga koʻra, etkazib berilishi lozim boʻlgan hajmdan ortiqcha etishtirilgan, jumladan klaster bilan fyuchers shartnomasi tuzmagan holda, oʻz mablagʻlari va tijorat kreditlari hisobiga etishtirilgan paxta xom ashyosini etishtiruvchilar birja orqali tadbirkorlik sub'ektlariga sotadi yoki (va) qayta ishlashga ruxsat berildi.
Fyuchers shartnomasida koʻrsatilgan miqdordan ortiqcha etishtirgan paxta xom ashyosini fyuchers shartnomasi tuzgan klasterga toʻgʻridan-toʻgʻri sotishingiz, qayta ishlashdan olingan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va oʻlik paxta)ni birja orqali xaridorga etkazib berish imkoniyati yaratilgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 iyulda qabul qilingan “Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni esa agrar tarmoqda faoliyat yuritayotganlar uchun yangi davrni boshlab berdi. Unga koʻra, fermerlarga etishtirgan paxta hosilini klasterlar hamda paxta xom ashyosini qayta ishlash va ip kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga sotishga ruxsat berildi.
Endi yurtimizning barcha hududlarida paxtachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari ixtiyoriy kooperasiyalar tashkil etish mumkin. Shuningdek, qarzdor boʻlgan fermer xoʻjaliklari va klasterlar oʻrtasida tuziladigan solishtirish dalolatnomalari hamda sud qarorlari asosida undirilgan mablagʻlar klasterlarning Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzdorligini qoplashga yoʻnaltirish vazifasi belgilandi.

Qadrli fermerlar!
Ayni kunlarda siz etishtirgan va yigʻib-terib olayotgan paxta hosili hisobidan paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan oʻzaro qarzdorliklar boʻyicha solishtirma dalolatnoma rasmiyshlashtirib, fermerning klaster oldidagi, jumladan klasterning fermer oldidagi mavjud qarzdorliklarini bartaraf etish imkoniyati paydo boʻldi.
Yakkabogʻ tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa er egalari kengashi bu borada sizning manfaatingizni himoya qilish, haqdorligingizni undirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻradi.
Shu bilan birga, paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yigʻib-terib, olingan moʻl hosil hisobidan fermer xoʻjaliklarining klasterlar oldidagi qarzdorligini soʻndirishingiz ham oʻzaro munosabatlarda ijobiy ta'sir koʻrsatishini yana bir bor ta'kidlaymiz.